» » » Kiyim inson ziynati

Kiyim inson ziynati

Написал admin
//
23 mart 2017
//
//

Kiyim inson yaratgan ixtirolar ichida eng qadimiysidir. Shuningdek, har bir insonning ziynati bo’lgan liboslar, uning jamiyatdagi darajasini ham bildiradi. O’zining uzoq va boy o’tmishiga ega liboslar tarixi hech kimni befarq qoldirmasa kerak?. Dastlab liboslar tashqi muhitdan himoya vazifasini bajargan bo’lsa, keyinchalik asrlar osha zamon talabi va insoniyat ehtiyoji tufayli u o’z ko’rinishini o‘zgartirib borgan. Endilikda liboslar nafaqat himoya vazifasini, balki insonning odob-axloqini, millatini, estetik didini, moda va uslub borasidagi tanlovini hamda kiyinish madaniyatini ifodalaydi.

Ma’lumki, har bir davr libosi o‘sha zamon va har qaysi millat madaniyatining ko‘zgusidir. Zero, har bitta millat libosiga qarab turli davrlarda kishilarining kiyinish borasidagi odob me’yorlarini bilib olish mumkin. O’z navbatida biz liboslarni ikki guruhga ajratamiz: milliy va zamonaviy. Milliy liboslar har bir millatning o’z qiyofasini aks ettiradi. Shuboisdan har bir millatning o’z libosi va o’zgacha ko’rki bor. Ajdodlar tomonidan yaratilib, asrlar davomida sayqallanib kelingan liboslar milliy meros namunasidir. Zamonaviy liboslar esa davrlar silsilasida kashf etilgan yangiliklar sirasiga kiradi.

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 11
A'zo: 2
Mehmon: 9
Charlesbync RobertBob

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Qisqalik istedodning singlisi. Chexov

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303