» » » Qaysi xonada qanday gul turishi kerak?

Qaysi xonada qanday gul turishi kerak?

Написал admin
//
19 avgust 2016
//
//

   Qaysi xonada qanday gul turishi kerak?

 

Qizlar ichida albatta uyida “Botanika bog‘i” yaratishni boshlab yuborganlari chiqadi. Ularni parvarish qilish bir tomondan insonni tinchlantiruvchi mashg‘ulot, ikkinchi tomondan gultuvaklardagi “kislorod generatorlari” xonalardagi havoni tozalab, salomatligimiz uchun katta foyda keltiradi. Ochilib turgan gullar ko‘zni quvontirishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Xo‘sh, uyda qanday gullarni o‘stirgan ma’qul? Quyidagi maqolada shunga javob qidiramiz.

Avvalo, gullarni qayerda saqlashni mo‘ljallayotganimizni aniqlab olishimiz kerak, u xonasa yorug‘lik va namlik darajasi qanday bo‘lishini bilishimiz lozim.
Agar xonada yetarli yorug‘lik bo‘lmasa va havosi quruq bo‘lsa, demak bu yerga shunday sharoitga chidash beradigan gullarni qo‘yish kerak. Passiflora, monstera, liana sindapsus, filadendron va rombik sissuslar shunday chidamli o‘simliklar sirasiga kiradi.

                                                                           PASSIFLORA

Och rangda bezatilgan xonalarga esa gloksiniya, pelagroniya, begoniya va siklamen kabi gullarni qo‘ygan ma’qul.
Har bir gulning o‘z energetikasi borligi haqida unutmaslik kerak:
Zavq-shavq, hayotga muhabbat va oldinga intilish energetikasi bilan to‘yinishga giatsint yordam beradi.

Qaysi xonada qanday gul turishi kerak?

Limon – tetiklashtiradi va turli qo‘rquvlardan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Qaysi xonada qanday gul turishi kerak?
Limon daraxti

Gibiskus (Xitoy atirguli) – uyingizga quvonch, muhabbat, yangi marralar sari intilish ruhini olib kiradi. Yana yurak kasalliklari bilan og‘rigan insonlarga o‘zlarini yaxshiroq his qilishga yordam beradi.
Qaysi xonada qanday gul turishi kerak?

Gibiskus
Uzambar fialkasi – barcha oila a’zolaringizning kayfiyatini ko‘tarib, estetik zavq beradi. Uni istalgan xonaga qo‘yish mumkin.

Qaysi xonada qanday gul turishi kerak?

Uzambar fialkasi
Siklamen (alp fialkasi) – insonning ichki garmoniyasini tiklashga, kayfiyatini yaxshilashga yordam beradi.

Qaysi xonada qanday gul turishi kerak?
Siklamen
Anturium jur’atsiz odamning xonasiga qo‘yish uchun ayni muddao. Bunday gul ichki qo‘rquvlarni yengishga yordam beradi. U ham xona tanlamaydi.


Anturium
Ijodkor odamlar uchun xonaki qarag‘ay to‘g‘ri keladi. Yaratuvchanlikni oshiruvchi ushbu gulni idora, ustaxona va qabulxonalarga qo‘yish mumkin.


Xonaki qarag‘ay
Moddiy holatingizni yaxshilash uchun tolstyanka (Krasulla) guli kerak sizga. Uni pul daraxti deyishadi. Sizga pul kelishi uzoq kuttirmasligi uchun uni apelsin daraxti bilan yonma-yon joylashtirish kerak.

Manba: xobbi.uz

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 9
A'zo: 3
Mehmon: 6
RobertBob alibert.695rMa Charlesbync

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303