» » » Yulduz Ismatova

Yulduz Ismatova

Написал admin
//
10 sentabr 2016
//
//

Yulduz Ismatova O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, yetuk raqqosa. U 1995 yilda Mukarrama Turg’unboeva nomidagi mukofot bilan, 1998 yilda esa «Do’stlik» ordeni bilan taqdirlandi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, yetuk raqqosa Yulduz Ismatova 1944 yil Toshkentda tug’ilgan.

Tarjimai hol

O’zbek xoreografiya bilim yurtida o’qib yurgan davrida, 1963 yili Muqimiy nomli musiqali drama va komediya teatrida raqqosa bo’lib faoliyatini boshladi.
1963 yildan 1988 yilgacha barcha spektakllarda yakka raqslarni ijro etdi. Ayniqsa, u «Nurxon», «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin», «Paranji sirlari», «Sevgi xiyoboni», «Qalam qoshligim» spektakllarida ijro etgan raqslari va kontsert repertuariga kirgan «Munojot», «Tanovar», «Zavqim kelur», «Orazbon lazgi», «Gulnor», «Sayyora», «Raqqosa», «Gulchi qiz», «Raqiblar» arabcha, hindcha, afg’oncha raqslari bilan tomoshabinlarni maftun etdi.
Yulduz Ismatova 1976 yilda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda Toshkent 
teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakulьtetini tugatdi.
Bu yillar davomida spektakllarda aktrisa sifatida rollar ham ijro etdi. «Qaynona»dagi Ofat, «Yolg’onchi darkor»dagi Pitsakitsa, «Xotinimning eri»dagi Zarifa, «Nurxon»dagi Qumri, «Yarim tundagi o’g’rilik»dagi Tsitsa, «Hijron»dagi Charlьton, «Gulbahor qani»dagi Hadicha, «Toshbolta oshiq»dagi Saltanat, «Jonim fido»dagi Valya, «Mening jannatim»dagi Nodira, «Ona qizim» dagi Go’zal, «Qiz buloq»dagi Ohu, «Oddiy mo’’jizadagi Malika va boshqa obrazlar shular jumlasidandir.
Yulduz Ismatova baletmeyster sifatida ham ijod qilib, «Layli va Majnun», «Olifta», «Mangulik», «Gulsara», «Tohir va Zuhra», «Paranji sirlari», «Nurxon» spektakllarida raqslar sahnalashtirdi va qator kontsert dasturlarida yangi raqslar, yallalar, maqomlar yaratdi. «Dilafruzga to’rt oshiq», «Oltin davrim», «Olifta», «Yulduzlar jamoli» kabi spektakllarni sahnalashtiruvchi rsjissyori ham bo’ldi.
Teatr uning ijodiga, g’ayratiga torlik qildi shekilli, 1988 yilda O’zbekiston Teleradiokompaniyasida «Tanovar» milliy raqs ansamblini tashkil qilib, O’zbekiston Respublikasida birinchi bor milliy raqs teatrini (ya’ni milliy baletini) yaratdi. «Sharq ayoli» (xalq kuyi, Yu. Ismatova librettosi, 1989), «Namangan bo’ylab» (xalq kuyi, Yu. Ismatova librettosi, 1990), «Sevgi nidosi» (Komilov musiqasi, Yu. Ismatova lib-rettosi, 1991), «Nodira»», «Ulug’bek burji», «Sevgi vasfi» (Xalq kuyi, Yu. Ismatova librettosi, 1995) kabilar Yu. Ismatovaning bu qiyin va murakkab sohadagi ijodining mahsulidirki, bu spektakllar mutaxassislar tomonidan ijobiy baholandi.
San’atkor spektakllar bilan bir qatorda kontsert dasturlarini ham sahnalashtirdi.
1988—1989 yillarda «Munojot» (Yakka raqs), «Tanovar», «Parvoz ayladi», «Xorazmcha», «Doira chorlaydi», «Soqinomai savti kalon» (maqom), «Ey sarvi ravon», «O’xshar», «Suv parilari», «Sumbula», «Adolat tanovari» (ommaviy raqslar), «Afg’on», «Anor-anori» (eroncha), «Raqqosa keldi», «Arab», «Indira Gandiga bag’ishlov» kabi yakka raqslarni yaratdi. 
1990—1991 yillarda «Mavrigi», «Shodiyona», «Tanovar-2», «Keltursa yuz balo» (maqom), «Bog’lar sog’indilar», «Na bo’ldi», «O’ynang qizlar»,«Ho-ho-yalli» ommaviy raqslari va «Tong shu’lasi», «Ey hamdam» («Bobur» telespektaklida arabcha raqs), «Gulchi qizi», «Dala qaldirg’ochi», «Sarvi gul», «Qarab qo’y», «Afg’on qizlari», «Raqiblar», «Buxorocha raqs», «Uyg’urcha nimparda», «Ayrilmasin» yakka va uch-to’rt kishilik raqslarni 1993 yilda «Choyxona», «Hova-hova» (pokistoncha), «Dutorimni chertaman» (uyg’urcha), «Sumbul soching», «Burama ko’ylak» (ommaviy raqs), «Sarvinoz» kabi yakka raqslarni sahnalashtirdi.
Mirzo Ulug’bekning 600 yillik yubileyiga bag’ishlangan Samarqand shahridagi Registon maydonida teatrlashgan kontsertda «Koinot», «Beshik»,
«Qurbon o’lam», «Yulduzlar», «Abadiyat» raqslarini sahnaga qo’ydi. Xo’ja Ahror Valiyning 590 yillik yubileyining bosh baletmeysteri bo’ldi.
1995 yilda Mustaqillikning 4 yilligining kata teatrlashgan kontsertida «Inshoollo», «Paxtakor» o’yingohida bo’lgan Osiyo o’yinlarida «O’zbekiston bolalari» raqsini, «Navro’z-95» teatrlashgan kontsertida «Koinot» ommaviy raqslarni sahnaga qo’yishda jonbozlik ko’rsatdi.
U 1995 yilda Mukarrama Turg’unboeva nomidagi mukofot bilan, 1998 yilda esa «Do’stlik» ordeni bilan taqdirlandi

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 12
A'zo: 2
Mehmon: 10
JacintoMccool30 Charlesbync

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303