Tamaraxonim

Написал admin
//
30 avgust 2016
//
//

Tamaraxonim (taxallusi; asl ismi va familiyasi Tamara Artyomovna Petrosyan) [1906.16(29).3, hozirgi Yangi Margʻilon shaharchasi — 1991.30.6, Toshkent] — qoʻshiqchi va raqkosa, baletmeyster, oʻzbek professional raksi asoschilaridan. Oʻzbekiston xalq artisti (1932). Moskva teatr texnikumida oʻqigan (1923—24). Yoshligidan sanʼatga qiziqqan: dastlab Margʻilon, Fargʻona ayollari orasida raqsga tushib, koʻshik aytgan. Yusufjon qiziq Shakarjonov, Us t a Olim Komilovlardan oʻzbek raqs harakatlarini, Hamza, K. Stanislavskiy, NemirovichDanchenko va boshqalardan qoʻshiqchilik, aktyorlik mahoratini qunt bilan oʻrgandi. Sahna faoliyatini 1919 y. Hamza Hakimzoda Niyoziy truppasida boshlagan. Keyinchalik Yusufjon kiziq truppasida ishlagan. 1921 — 22 yillar Toshkent rus opera va balet teatrida, 1924 yildan Muhiddin Qoriyoqubov rahbarligidagi konsert truppasi (1926 yildan Oʻzbek davlat konsertetnografik ansambli, 1929 yildan Oʻzbek davlat musiqali teatri)da faoliyat koʻrsatgan. 1925 y. Parijda boʻlib oʻtgan Jahon bezak sanʼati koʻrgazmasida M. Qoriyoqubov bilan birgalikda ishtirok etib, oʻzbek sanʼatini ilk bor Yevropada namoyish etgan. T. oʻzbek lapar va yalla namunalarini sahnaviy ijro sharoitiga moslashtirib, yangicha ifodaviy vositalar (mimika, raqs, dialog va boshqalar) bilan boyitib, ular negizida bir necha kichik musikiy inssenirovkalarni yaratdi, milliy ommabop (estrada) sanʼat rivojiga asos soldi. T. ijrosidagi qoʻshiq va laparlar ("Lolaxon", "Qorasoch", "Bilaguzuk", "Oyijon", "Fabrikaning yoʻlidan", "Qizlar, shitobingiz nima?", "Gulyor", "Yetimlar yigʻisi", "Tuygʻunoy", "Erk bolalari" va boshqalar), "Sinaxiroj", "Dilxiroj", "Qarinavo", "Usmoniya" singari raqslari xalqqa manzur boʻlgan.

1925—29 yillar Andijon, Qoʻqon, Samarqand teatrlarida sahnalashtirilgan musiqali dramalarda Halima (F. Zafariy, "Halima"), Shirin (Xurshid, "Farhod va Shirin"), Gulchehra (U. Hojibekov, "Arshin mol olon") singari rollarni ijro etdi. 1929—34 yillar Samarkanddagi Oʻzbek davlat musiqali teatri (1931 i. teatr Toshkentga koʻchirilgan)da, 1934—35 yillar Xorazm teatrida ishladi. 1934 y. M. Yanovskiyning "Ferenji" baletida Indra rolini oʻynadi. Oʻzi tashkil qilishda qatnashgan respublika balet maktabi 1935—47 yillar T. nomi bilan yuritilgan. 1935 y. Londonda boʻlib oʻtgan birinchi xalqaro xalq raqsi va musiqa sanʼati festivalida (Us t a Olim Komilov, Toʻxtasin Jalilov, Abduqodir Ismoilovlar bilan) qatnashib oltin medal olishga sazovor boʻlgan. 1937 y. Moskvada boʻlib oʻtgan birinchi oʻzbek sanʼati dekadasida ham ishtirok etgan. 1936— 41 yillar Oʻzbek davlat filarmoniyasi, ayni vaqtda, Oʻzbek davlat musiqali teatri (1939 yildan Oʻzbek davlat opera va balet teatri)da raqqosa va baletmeyster. 1941—69 yillarda Oʻzbek davlat filarmoniyasining musiqa ansamblida badiiy rahbar, baletmeyster va aktrisa. T. 2jahon urushi yillarida konsert brigadalari bilan armiya qismlarida xizmat kildi. T. qaysi xalq qoʻshiq va raqsini ijro etmoqchi boʻlsa, oʻsha xalqning tarixi, etnografiyasi, mahalliy urfodatlari, sanʼati va madaniyatini batafsil oʻrganib, soʻng ijro etgan. Uning ijrosida "Erta bilan" (qoʻqoncha), "Yallama yorim" (margʻiloncha), "Omonyor" (andijoncha), "Fargʻonacha raqs", "Buxorocha raqs", "Mavrigi", "Lazgi" (xorazmcha), "Bibijon" (turkmancha), "Yangi oy" (moʻgʻulcha), "Nikoh toʻyi" (gruzincha), "Eshikni qoqma" (ozarbayjoncha), "Gulizor" (turkcha), "Chando" (indonezcha), "Xumor koʻzlar", "Binti shalobiya" (arabcha), "Banday togʻi" (yaponcha), "Choʻpon raqsi", "Torazi" (koreyscha), "Shirin zabon" (afgʻoncha), "Nilufar" (hindcha), "Parizodoy" (qirgʻizcha), "Joʻra jonim" (tojikcha), "Garmonchi" (tatarcha), "Oy da Galya i Sultan" (ukraincha) kabi 500 dan ortiq qoʻshiq va raqslar 86 tilda yangragan. U ustozi Us t a Olim Komilov bilan koʻplab oʻzbek xalq raqslarini sahnalashtirib, oʻziga xos (ayollar va erkaklar raqsi harakatlarini mujassam etgan) uslubini yaratdi, yangi zamonaviy raqslar, teatrlashgan raqs syujetlarini, yangi xoreografik kompozitsiyalarni ("Gul oʻyin", "Sadr", "Zang", "Pilla", "Kema oʻyini" kabi) ijod qildi. U oʻzbek xalq raqs harakatlari bilan Yevropa mumtoz balet raqslari harakatlarini uygʻunlashtiruvchi dasturlar ("Bahor", "Navo", "Qizil va oq atirgullar urushi" va boshqalar) yaratdi, bular milliy oʻzbek baletini yuzaga kelishida, milliy xoreografiyani rivojlantirishda muhim omil boʻldi. U birinchi oʻzbek baletlaridan "Gulandom" (Ye. Brusilovskiy, 1938) librettosini Uygʻun va M. Yanovskiylar bilan birgalikda yaratdi, uni sahnalashtirib, bosh rolni oʻzi ijro etdi. M. Turgʻunboyeva, G. Rahimova, R. Karimova, G. Mavayeva, H. Komilova, I. Okilov, L. Pepgrosova kabilar T.ning shogirdlaridir. T. Fransiya, Norvegiya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Eron, Hindiston kabi davlatlarda gastrolda boʻlgan. Toshkent sh. koʻchalaridan biri (oʻzi yashagan koʻcha)ga T.nomi berilgan. Toshkentda Tamaraxonim uy muzeyi faoliyat koʻrsatmokda. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2001).

Ad:Avdeyeva L.A., TamaraXanum, T., 1959; Shirokaya O.I. Tamara Xanum, T., 1973.

Mohina Ashirova.

Manba: uz.wikipedia,org

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 12
A'zo: 2
Mehmon: 10
Charlesbync RobertBob

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir. Pavlenko

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303