» » » Wikipedia asoschisi ishonchli yangiliklar saytini ishga tushirdi

Wikipedia asoschisi ishonchli yangiliklar saytini ishga tushirdi

Написал admin
//
23 may 2017
//
//

Wikipedia asoschisi Jimmi Ueyls soxta ma’lumotlardan xoli tekshirilgan materiallarni e’lon qiluvchi yangi media loyihani ishga tushirilishini ma’lum qildi. Bu haqda Meduzaxabar berdi.

Foto: Mirror

Foto: Mirror

WikiTribune platformasi yangiliklar yozish uchun professional jurnalistlarni va o‘quvchilar jamoasini birlashtirishni maqsad qilib qo‘ygan.

WikiTribune’da yangilik e’lon qiluvchi jurnalistlar majburiy tartibda o‘zi berayotgan axborot manbasini ko‘rsatishi, shuningdek, ishda qo‘llanilgan materiallarni ochiq foydalanishga qo‘yishi kerak bo‘ladi.

WikiTribune a’zolari, o‘z navbatida, jurnalistlarga maqola uchun mavzu taklif qilishi va dalillarni tekshirishda yordam berishi mumkin bo‘ladi. Saytga kirgan har bir foydalanuvchi materiallarni tahrir qilish imkoniga ega bo‘ladi. Biroq tahrir jamoa a’zolari tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.

Ueylsning so‘zlariga ko‘ra, WikiTribune butunlay reklamadan xoli va bepul bo‘ladi.

WikiTribune’ning biznes-modeli platforma ishida faol ishtirok etishni xohlovchilar oylik to‘lovi taxminan 15 dollar bo‘ladigan maxsus ro‘yxatdan o‘tishini ko‘zda tutadi. Obunachilar bir qator imtiyozlarga ega bo‘ladi, masalan, ularning ovozi mavzu tanlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Jimmi Ueylsning ta’kidlashicha, WikiTribune mustaqil loyiha hisoblanadi va Wikipedia hamda Wikimedia jamg‘armasi bilan umuman bog‘liq emas.

 

manba:daryo:uz

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 6
A'zo: 2
Mehmon: 4
Charlesbync RandallGer

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Sen pashshadan fil yasamoqchimisan? Lukian

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303