» » » Jurnalistika kecha va bugun!

Jurnalistika kecha va bugun!

Написал admin
//
21 aprel 2017
//
//

Jurnalistika kecha va bugun!

Jurnalistika kecha va bugun!

Jurnalistika - ijtimoiy faoliyat turi. Bu faoliyat egalari (jurnalistlar) ijtimoiy dolzarb axborotlarni to’plash, tahlil qilish va ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari va b.) orqali tarqatish bilan shug’ullanadi. J. ommaviy targ’ibot va tashviqot shakllaridan biri. J.ning xususiyati, maqsadi jamiyatning ijtimoiy tabiatiga bog’liq. J. atamasi dastlab jurnallar majmuiga, keyinchalik barcha davriy nashrlarga nisbatan qo’llanilgan. Endilikda J. iborasi J. faoliyati mahsulini, shu bilan bog’liq kasblar majmuini, shuningdek, shu sohaga oid ta’limni va fan tarmog’ini ham anglatadi. J. faoliyati tarkibiga matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari, hujjatli kino va b. kiradi.

  1. tizimidagi axborot vositalari ommaning kundalik dolzarb ijtimoiy va maxsus axborotga bo’lgan ehtiyojini krshshrishda asosan publitsistikata tayanadi, shuningdek, muhim ijtimoiy masalalarni talqin qiluvchi ilmiy, badiiy va b. asarlardan ham foydalanadi. J. tizimidagi axborot vositalari o’z faoliyatida ma’lum davriylikka va tezkorlikka amal qiladi.

Axborotni to’plash, taxlil qilish va tarqatishga yo’naltirilgan ijtimoiy faoliyatning dastlabki kurtaklari qadim-qadimda paydo bo’lgan. Odamlarni ijtimoiy turmushda sodir bo’layotgan voqealardan xabardor qilish, ularga axborot vositasida ma’lum g’oyaviy-ruhiy ta’sir o’tkazish turli shakl va usullarda namoyon bo’lgan. Og’zaki axborot notiqlar, jarchilar tomonidan yetkazilgan. Yozma ma’lumotlar esa, maye, Qad. Misrda papiruslarga bitilib, tarqatilgan. Qad. Rimda e’lonlardan, qo’lyozmalardan foydalanilgan.

Hoz. davr J.si dastlab 17-a. boshidagi ilk davriy bosma nashrlar qiyofasida yuzaga kelgan. 19-a.ning 2-yarmi va 20-a.da fotografiya hamda kinematografiyannng kashf qilinishi tufayli foto va kinojurnalistika tashkil topdi. 20-a.ning 20-y.laridan e’tiboran radiotexnika yutuklari asosida radiojurnalistika taraqqiy qila boshladi, 40-y.larda esa telejurnalistika maydonga keldi.

Ommaviy axborot paydo bulishi va rivojlanishi bilan umumiy saviyasi va kasbiy mahorati yuksak jurnalistlarga ehtiyoj kuchaya bordi. Ana shu ehtiyoj taqozosi turli mamlakatlarda maxsus J. ta’limini yuzaga keltirdi. J.ning siyosiy yo’nalishi jihatidan birbiridan farq qiluvchi bir nechta turi tarkib topdi, faoliyatning ijtimoiy hayotdagi o’rni va vazifasiga doyr turlicha qarashlar yuzaga keldi. Chunonchi, kommunistik J. faoliyatiga partiyaviylik, sinfiylik asos qilib olindi. Bu hol ko’p hollarda umuminsoniy ma’noda axborot sohasida inson haq-huquqlari va erkinliklarining cheklanishiga, qo’pol ravishda poymol qilinishiga olib keldi.

  1. taraqqiyoti qator omillarga bog’liq bo’lib, siyosiy erkinliklar, birinchi galda, matbuot erkinligi bu omillar orasida alohida o’rin egallaydi. Matbuot erkinligi demokratik jamiyat rivojining zaruriy sharti hisoblanadi. J. erkin faoliyat sharoitidagina jamiyat a’zolarini xolis va haqqoniy axborot bilan ta’minlay oladi, davlat va jamiyat o’rtasida o’zini vositachi sifatida namoyon etadi.

O’zbekistonda J. 19-a.ning 2-yarmida paydo buldi. Uning tarixi Toshkentda chiqarilgan "Turkestanskiye vedomosti" va "Turkiston viloyatining gazeta" kabi rasmiy davriy nashrlardan boshlanadi. 20 a.ning 1- va 2-o’n yilligida O’zbekistonda asosiy e’tiborni milliy taraqqiyotni ta’minlashga qodir ma’rifatli insonlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan xususiy milliy gaz. va jur.lar ("Taraqqiy", "Xurshid", "Sadoi Turkiston", "Samarqand", "Oyina" va b.) ham faoliyat ko’rsatdi. Sho’ro tuzumi davrida O’zbekistonda davriy matbuot tarmog’i respublika, viloyat va tuman miqyosida chiqadigan umumsiyosiy va tarmoq gaz.lari, shuningdek, yangi jur.lar hisobiga kengaydi, ayni paytda O’zbekistonda radiojurnalistika va telejurnalistika ham tarkib topdi. Lekin bular mustabid tuzum ko’zlagan siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy maqsadlarga xizmat qilishga mahkum edi.

O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, respublika J.si demokratik bosqichga qadam qo’ydi va jamiyatni demokratik tarzda yangilash, huquqiy demokratik davlat barpo qilishga ko’maklashayotgan yangi tizim shakllana boshladi. 1997 y.da "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida", "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to’g’risida", "Ommaviy axborot vositalari to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 y. 26 fevralida "Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ti-zimini takomillashtirish to’g’risida" gi qarori e’lon qilindi. Mazkur hujjatlar respublikamizda jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda dunyo andozalari darajasiga ko’tarish yo’lida g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Shundan beri o’tgan vakt mobaynida bu qonunlar va qarorni amalga oshirish yo’lida ancha ishlar qilindi. Istiklol tufayli respublika jurnalistlarining ijtimoiy hayot voqea va hodisalarini taxlil qilish va yoritishga yondashuvi ham tubdan o’zgardi. Endiliqsa jurnalistlar ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish va yoritishda ilmiy bilimlarga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan umumdemokratik qoidalarga tayanmoqda.

  1. tizimining shakllanish jarayonida respublikada jurnalist ixtisosi bo’yicha maxsus oliy ta’limga ham asos solindi. 1949 y. O’rta Osiyo davlat universiteti (hoz. O’zMO’)ning filologiya fakulteti qoshida oliy ma’lumotli jurnalistlar tayyorlaydigan maxsus bo’lim tash-kil qilindi. Bu bo’lim 1967 y.da mus-taqil fakultetga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan (1996 y. 26 aprel) "O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan jurnalist" faxriy unvoni ta’sis etildi. Oliy ma’lumotli jurnalistlar O’zMUdan tashqari, Nukus davlat universitetida, shuningdek, O’zbekiston jahon tillari universitetida ham tayyorlanadi. 1997 y.dan O’zR Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida jurnalistlarni qayta tayyorlash Xalqaro ijtimoiy markazi faoliyat ko’rsatadi.

 Manba: wikipediya

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 14
A'zo: 3
Mehmon: 11
Bengerdpex MonikaCaviness 1994.platoneizMa

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Kishi o'zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi. Gyote

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303