» » » O'ZBEKISTON DEYA ATALUR

O'ZBEKISTON DEYA ATALUR

Написал admin
//
19 avgust 2016
//
//

O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.

O'zbekistonimizning qaysi mintaqada joylashganini bilasizmi? Mintaqa arabcha so'z bo'lib, yo'nalish, chegara, hudud degan ma’nolarni anglatadi. Bu so'zni keng va tor ma'nolarda ishlatish mumkin. U keng ma'noda bir necha mamlakatni qamrab oladigan hududni anglatadi. Masalan, Markaziy Osiyo mintaqasi deganda so'zning keng ma'nosi tushuniladi. Chunki Markaziy Osiyo hududi bir qancha davlatlarni o'z ichiga oladi. Tor ma'noda esa bu so'z ma'lum bir mamlakat ichidagi bir necha viloyatlarni anglatadi, mamlakatimizning janubiy mintaqalari deganda qaysi viloyatlarni tushunamiz? Kimdir bizdan Vatanimiz haqida so'rab qolgudek bo'lsa, dastlab mana bu ma'lumotlarni tilga olishimiz zarur.

O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoli-sharqda Qirg'iziston, shimol va shimoli-g'arbda Qozog'iston bilan, janubi-g'arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubda qisman Afg'oniston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400 kvadrat kilometr. Maydonining beshdan to'rt qismi tekislik, oz qismi tog', adir, tog' yonbag'irlaridan iborat. O'zbekiston hududidan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari — Amudaryo va Sirdaryo oqib o'tadi. Mamlakatimizning sharqiy va janubi-sharqiy qismida Tiyonshon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog'lari bor. Bu tog'lar orasida Farg'ona, Zarafshon, Kitob — Shahrisabz, Surxon — Sherobod, Chirchiq — Ohangaron kabi katta vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiylarda yashaydi.

Yurtimiz tasviri tushirilgan xaritaga diqqat bilan qarab ko'rganmisiz? Unda har bir viloyat alohida ajralib turibdi. Har bir mintaqa va viloyat o'zining betakror tabiati, odamlari, shahar va qishloqiariga ega. Prezident Islom Karimovning “Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq — barchasining o'ziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati bor” degan so'zlari ana shu haqiqatni nazarda tutib aytilgan.

Chindan ham, bizning diyorimiz shunchalar rang-barang, shunchalar betakrorki, O'zbekiston deganda, ko'z o'ngimizda Farg'ona vodiysining so'lim shahar va qishloqlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning ko'hna me'moriy obidalari,- Qoraqalpog'iston zaminidagi qadimiy qal'a-qo'rg'onlar, Ustyurt kengliklari, Toshkentning go'zal va azim qiyofasi, Qashqadaryoning bepoyon qirlari, Surxon tog'lari, har bir mintaqa va viloyat xalqining o'ziga xos fe'1-atvori va udumlari namoyon bo'ladi.

O'zbekistonni bir ko'rgan odam, hech shubhasiz, uni sevib qoladi. Yurtimizga ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi va ularning barchasi bu tarovatli, serquyosh zamin ularni o'ziga maftun etgani haqida to'lqinlanib, hayajonlanib so'zlashadi.

Har qanday mamlakatning milliy boyligi ikki xil bo'ladi. Birinchisi — moddiy boyliklar, ikkinchisi — ma'naviy boyliklar. Moddiy boyliklar o'z navbatida yana ikki xilga — yer osti va yer usti boyliklariga bo'linadi. Yer osti boyliklariga zamin qa'rida yotgan turli foydali qazilmalar kiradi. Yer usti boyliklariga esa inshootlar, korxonalar, tog'lar va o'rmonlar, daryolar yaylovlar, shahar va qishloqlar kabi moddiy qadriyatlar kiradi.

 O'zbekistonda foydali qazilmalar va mineral xomashyo zaxiralari juda serob. U oltin zaxirasi bo'yich dunyoda to'rtinchi, uni qazib olish bo'yicha esa yettinchi o'rin turadi. Shuningdek, mamlakatimiz uran zaxiralarining miqdori bo'yicha ham yetakchi o'rinni egallaydi. Bu yerda neft gaz resurslari ham ko'p. Yurtimizda, shuningdek, mis, kumush, litiy, fosfor, kaliy kabi mineral qazilmalarning ham boy zaxirasi mavjud. Bundan tashqari, Vatanimiz hududi ko'mir zaxiralariga ham boy. Mamlakatimizda 20 ta marmar koni, 15 ta granit va qimmatbaho toshlar koni aniqlangan. Ulardagi toshlar rang-barang va noyobdir.

Manba: kitob.uz 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 10
A'zo: 3
Mehmon: 7
RobertBob alibert.695rMa Charlesbync

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303