» » Ingliz tili togarak konsepsiyasi

Ingliz tili togarak konsepsiyasi

Написал admin
//
22 mart 2014
//
//

"Namangan yoshlar markazi”qoshida tashkil etilgan

"Ingliz tili” to'garagi

 

KONTSEPTSIYASI

 

"Namangan yoshlar markazi”da tashkil etilgan "Ingliz tili” to'garagining maqsadi, shahar, tuman va chekka qishloqlardagi iste'dodli xorijiy tillarga xususan ingliz tiliga qiziqqan tashabbuskor yoshlarni izlab topish, ularni xorijiy tillarda erkin so'zlashishga o'rgatish, ingliz tiliga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttirish va har tomonlama qo'llab-quvvatlash, iste'dod va mahoratlarini ingliz tilida namoyon qilishlari uchun keng imkoniyat yaratish, chet eldagi do'stlari bilan hamjihatlik va do'stlik rishtalarini bog'lash, ingliz tilida so'zlashadigan rivojlangan mamlakatlar madaniyati, urf-odatlarini o'rganishdan iborat.

 

To'garak quyidagi yo'nalishlarda faoliyat olib boradi:

-yoshlarni tili o'rganilayotgan mamlakatlar hayoti, adabiyoti urf-odatlari va buyuk namoyondalariga doir ma'lumotlarni o'rganish, bundan tashqari mazkur to'garak tinglovchilari chet ellik mehmonlarga mustaqil O'zbekistonning istiqlol yillarida qo'lga kiritgan yutuqlari, Vatanimizning boy tarixiy me'rosi haqida bevosita chet tillarda hikoya qilib bera olish ko'nikmalariga shakllantirish;

-mazkur to'garakda o'rnatilgan zamonaviy kompyuter orqali boshqariladigan lingofon kabineti, videoproektor, ingliz tilidagi o'quv audio-video kassetalar hamda elektron darsliklar yordamida yoshlar xorijiy tillarni zamonaviy texnika va o'qitish texnologiyalari orqali o'rgatish;

-ayni paytda lingofon kabinetidagi kompyuter internet tarmog'iga ulangan bo'lib, mamlakatimiz ta'lim tizimida faol qo'llanilayotgan Ziyo.net ta'lim portalidagi eng zamonaviy ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ham egadirlar.

-"Ingliz tili” tinglovchilari mazkur markazda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko'rish uchun quyidagi tajribaviy ishlarni ham amalga oshiradilar;

- tili o'rganilayotgan mamlakatlar (AQSH, Olmoniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya)ning buyuk yozuvchi va adiblari ijodidan tarjima namunalarini bajarib, o'zbek tilida mahalliy va markaziy matbuotda e'lon qilish;

- "Ingliz tili” to'garagi viloyat oliy va o'rta maxsus ta'lim o'quv yurtlari hamda umumta'lim maktablarining tajribali chet tili o'qituvchilari bilan ham muntazam uchrashuvlar hamda seminar-treyninglar o'tkazib borish.

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 19
A'zo: 2
Mehmon: 17
Charlesbync LKUPedro1702788

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303