» » Endi xakerlar hujum qila olmaydi: maxfiylik himoyasi uchun 5 ta dastur

Endi xakerlar hujum qila olmaydi: maxfiylik himoyasi uchun 5 ta dastur

Написал Abrorbek
//
14 aprel 2017
//
//

Har kuni smartfon foydalanuvchilari yuzlab turli xavflarga duch keladi, bular viruslar va xira reklamalardan tortib, parollar va shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘riligigacha bo‘lgan holatlardir. Bizning ro‘yxatda keltirilgan dasturlar bilan siz va sizning shaxsiy hayotingiz xavfsizlikda bo‘ladi!

Adblock Browser

Ichida reklama bloklagichi bo‘lgan mobil brauzer. Aynan reklama tufayli sahifalar shunchalik sekin yuklanadi, tarmoq trafigi ko‘payadi, batareya esa 20 foizga tezroq kamayadi. Ammo bu hali sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng qo‘rqinchli narsa emas. Ko‘pincha reklama niqobi ostida zararkunanda dasturlar va josus dasturlar yashiringan bo‘ladi. Adblock Browser foydalanuvchining maxfiyligini himoyalaydi.

Micro Guard Free

U hech kimga sizning suhbatlaringizni tinglash imkonini bermaydi. Servis mikrofondan foydalanishga urinayotgan dasturlarni aniqlaydi va foydalanuvchini maxsus signal yordamida ogohlantiradi.

AppLock

U maxfiy axborotdan foydalanishni bloklaydigan shlyuz dastur bo‘lib, uning yordamida ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifangiz, fotosuratlaringiz, xabarlaringiz, elektron pochtangizni boshqa foydalanuvchi uchun yopib qo‘yishingiz mumkin.

Servis smartfonda turli foydalanish darajalariga ega profillarni sozlash imkonini beradi. Masalan, mehmon faqat qo‘ng‘iroq qila oladi, fotogalereyani esa ocha olmaydi.

Kid’s Shell

U faqat ruxsat etilgan dasturlar bilan ishlash uchun bolalar qobig‘i. Dastur haqiqiy ekran ustidan parallel ishchi panelini yaratadi, unda xavfsiz ikonkalar — o‘yinlar, o‘rgatuvchi dasturlar, musiqa va boshqa dasturlarni takrorlash mumkin. Dasturga kirish va undan chiqish uchun parol kiritish kerak.

Camera Blocker

Kamerani josus dasturlar va viruslardan bloklovchi dastur. Odatda o‘rnatiladigan dasturlarning har ikkinchisi kameradan foydalanish uchun ruxsat so‘raydi hamda foto va videoma’lumotlarni internetga uzatish uchun ochiq oyna yaratadi. Servis kameradan ruxsatsiz foydalanish bo‘yicha har qanday urinishlarni bloklaydi. Shu bilan birga dasturning o‘zi kameradan foydalanish uchun ruxsat so‘ramaydi.

Manba: “Layfxaker”

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 15
A'zo: 3
Mehmon: 12
Bengerdpex MonikaCaviness 1994.platoneizMa

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

O'rganish hech qachon kech emas. Kvintilian

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303