» » Satira teatri

Satira teatri

Написал admin
//
30 mart 2017
//
//

Satira teatri, Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatri — Oʻzbekistondagi yagona hajv teatri. Toshkent shahrida joylashgan. 1986 y. "Gap egasini topadi" dasturi bilan ochilgan. "Tobutdan tovush" (Abdulla Qahhor) teatrning birinchi spektakli. M.Xoʻjayev, X.Saʼdiyev, N. Otaboyevlar teatr tashkilotchilaridir. T.Sodiqov, L.Saʼdullayev, G.Saʼdullayeva, H.Musaboyev, Sh.Rasulov, Sh. Roʻzioxunov, A.Ibotulinalar teatrning birinchi aktyorlari. Hayotdagi salbiy illatlarni, shaxslar harakteridagi nuqson va kamchiliklarni fosh qilish va masharalash, yangilik va yaxshilikka undash teatr ijodining asosiy xususiyatidir. "Sabil qoddi" (F.Musajonov), "Janjal" (Shukrullo), "Mayiz yemagan xotin" (A.Qaxdor asari asosida M. Boboyev asari), "Kulol va qaroqchi" (Mehmon Baxti), "Afandi va azroil" (Yu.Aliyev), "Temir xotin" (Sh.Boshbekov), "Davlat bolalari" (R.Muhammadjonov), "Oltin joʻja sarguzashtlari" (V.Orlov), "Qovurilgan oʻrdak parvozi" (Tafuk al Hakim, Toʻra Mirzo), "Oybolta va Toshpoʻlat" (R.Qodirov, A.Qayumov), "Yolgʻonchi darkor" (D.Psafos), "Adashganlar" (T. Muhiddin), "Besh kunlik kuyov" (Shuxrat), "YO shoh, yo Afandi, yo ..." (Sh.Azimzoda) va boshqa teatrda sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatr jamoasi teztez viloyatlarga chiqadi va spektakllardan tashqari teatrlashtirilgan satirik tomoshalar uyushtirib turadi. X. Saʼdiyev, E.Karimov, R. Karimova, B. Ixtiyorov, S.Devonov, T.Sodiqov, M.Nurmatov, Z.Ismoilova, A.Ibotulina, B.Umurzoqova, O.Egamberdiyeva, E.Joʻlliyev kabilar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Badiiy rahbari va direktori — Mavlon Xoʻjayev.

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 15
A'zo: 2
Mehmon: 13
MonikaCaviness 1994.platoneizMa

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303