» » Qobil farzand – oila quvonchi

Qobil farzand – oila quvonchi

Написал Akbarali
//
27 mart 2017
//
//

Qanday qilib ota-onaning mehrini qozonish, baxtli qilish mumkin? Ey, odobli bola, otang va onang mehrini qozonmoqchi bo`lsang, ularni hurmat qil, zero, mehring zamini hurmatdir. O`zaro hurmati bo`lmagan hayotning taqir kunlari bor. Mehrsiz odam toshbag`irdir, mehru-muhabbat yo’q xonadonga baxt kelmaydi. Ota-onangning so’zini ikki qilmay, zudlik bilan bajarishga yoshlikdan odatlan, ularning mehr qo’rini so’ndirma! Qo`ri o’chgan mehrga qaytadan o’t qalash oson ish emas.

 

OTA-ONANING MEHRINI QOZONISH FARZANDNING BAXTIDIR

 

Ota-onang ranjiydigan birorta so’z ham aytma, yolg’on so’zlama. Zero, yomon so`z – mehr haroratiga suv sepadi. Shirin so`z ilonni inidan chiqarganidek, muloyim so’z vahshiylarni ulfatga aylantiradi.

 

Tilingni shirin qil. Zero, yomon tiling shamoli mehr mevalarini to`kadi. Dillari og`riydigan so`zlarni aytma, ishni qilma. Birovni dilini bir marta og`ritib, ketidan yuz marta yaxshilik qilsang ham, o`sha bir ranjning yarasi bitmagay, chunki o`qni yaradan chiqarib olsa bo`ladi, ammo ozor dilda qoladi.

 

Ota-onangni senga bo`lgan ishonchini oqla, umidini puchga chiqarma. Zero, mehrning tayanchi ishonchdir.

Aka-uka, opa-singillar bilan sen-menga borma! Ular bilan doimo maslahat bilan ish tut. Iloji bo`lsa yordam ber. Zero, farzandlarning o`zaro muhabbati, ularning baxti-iqboli ota-onaning sog`ligiga, ruhiyatiga katta ta`sir ko`rsatadi. Farzand ota-onaning umriga umr qo`shib ham biladi, o`lmasdan oldin o`ldirib ham biladi.

Mehr – oilaning quvvati va joni, mehr yurak qulfini ham ocha oladi. Mehr o`ga – inilarni bir-birlariga tutashtiruvchi qal`a!

 

Og`ayni, qarindosh urug`larga bevafolik qilma! Ulardan ehsoningni ayama. Bevafolikni ko`rgan mehr darz ketadi. Ota-onang vafotidan keyin ularning vasiyatlarini bajo keltir. Unutmaginki, ota-ona mehri o`zidan so`ng ham nur qoldiradi. Va`da qilsang va`dangga vafo qil. To`rt narsa ikki jahonning sifati va abadiy murodlaridandir: Xudo va Payg`ambarlarga bo`ysunish; Ota-onani rozi qilish; Olimu donishmandlarga xizmat qilish; Xudoi taolo tomonidan yaratilganlarga shafqat.

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 12
A'zo: 3
Mehmon: 9
makar.1975n6Ma Charlesbync JacintoMccool30

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Yolg'on ham ichkilikbozlikning o'zi. Yolg'onchi o'layotganda ham yolg'on gapirib o'ladi. Chexov

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303