» » Ulkan imkoniyatlar mamlakati

Ulkan imkoniyatlar mamlakati

Написал admin
//
15 iyun 2016
//
//

O‘tgan qisqa davrda yurtimizda amalga oshirilgan asrlarga tatigulik ishlar, qo‘ lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan har qancha faxrlansak arziydi. Zero, hayotga izchil tatbiq etilayotgan islohotlar samarasi mamlakatimiz obod, turmushimiz yanada farovon bo‘lib borayotganida yaqqol namoyon bo‘layapti. Boshqacha aytganda, biz bugun rivojlanish yo‘lidan dadil odimlayotgan tinch va osuda yurtda yashayapmiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQShning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” degan mavzuda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston 158 davlat orasida 44-o‘rinni, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida esa birinchi o‘rinni egallagani ana shundan dalolat beradi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu avvalambor, mustaqillik davrida biz erishgan ulkan marralarni, iqtisodiyotimiz barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgani, odamlarimizning hayot darajasi va sifati oshib borayotgani hamda bu yutuqlarni dunyo hamjamiyati yana bir bor tan olayotganini ko‘rsatadi.

Respublikamizda istiqlolning dastlabki yillaridayoq mashhur besh tamoyil asosida ishlab chiqilgan va xalqaro miqyosda “o‘zbek modeli” deya e’tirof etilgan taraqqiyot yo‘limiz o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda. Bundan har qancha quvonsak, g‘ururlansak, arziydi, albatta.

E’tibor qiling, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hali-beri davom etayotganiga qaramasdan, joriy yilning olti oyida ham respublikamiz iqtisodiyotida sezilarli darajada ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Xususan, shu davr ichida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,1 foiz, iste’mol tovarlari tayyorlash sur’ati 13,5 foiz, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi 6,5 foiz o‘sdi. Bu raqamlar o‘zimizga xos modelning naqadar to‘g‘ri va ishonchli ekanini yana bir karra tasdiqladi.

Iqtisodiyotning tayanch kuchi

Ma’lumki, hozirgi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotida hal qiluvchi kuch bo‘lib, uni dunyo bozoriga tanituvchi vosita sifatida xizmat qilayapti. Sohada ro‘y berayotgan yangiliklar, ishbilarmonlarimiz qo‘lga kiritayotgan yutuqlar shunday deyishimizga to‘la asos bo‘la oladi. Masalan, respublikamizda birgina joriy yilning olti oyida 15,2 mingta, ya’ni o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 6,3 foiz ko‘p yangi kichik biznes sub’ektlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. O‘zining ilg‘or g‘oyalari bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shish istagidagi ishbilarmonlarga ajratilgan kreditlar miqdori esa 6,4 trillion so‘mga yetdi.

Aytish joizki, tadbirkorlarimiz erishayotgan muvaffaqiyatlar soha rivoji uchun huquqiy jihatdan mustahkam poydevor yaratilayotgani, bevosita Prezidentimiz tashabbusi bilan ularga ko‘plab imtiyozlar berilayotgani samarasidir.

— Chindan ham, Yurtboshimizning g‘amxo‘rligini har qadamda chuqur his etib turibmiz, — deydi Navoiy shahridagi “Navoiy Shams” firmasi bosh direktori, “Shuhrat” medali sohibi Shavqiddin Jamolov. — Ayniqsa, Prezidentimizning 2015 yil 15-mayda imzolagan “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda ishbilarmonlarga bo‘lgan e’tibor yuksak ekanini yana bir karra tasdiqladi. Shu ma’noda, unda belgilab berilgan imtiyoz va yengilliklar kelgusi faoliyatimizda qo‘l kelishi, shubhasiz. 

Ayni paytda 800 kishi mehnat qilayotgan firmamizda aholiga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatilishi barobarida, sanoat va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Tayyorlayotgan mahsulotlarimiz sifat borasida xalqaro standartlar talabiga to‘liq mos keladi. Yaqin kunlarda esa vetnamlik hamkorlar bilan birgalikda baliqchilik xo‘jaligini ham tashkil etishni rejalashtirib turibmiz. Nasib qilsa, loyihamizni amalga oshirsak, yana 32 kishini ish bilan ta’minlaymiz.

Mamlakatimizda ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan tadbirkorlarimiz bor ekan, iqtisodiyotimiz bundan-da taraqqiy etib, turmushimiz yanada obod va farovon bo‘lib boraveradi.

Sog‘lom elning baxti butun bo‘ladi

Xalqimizda “To‘rt muchang sog‘ bo‘lsa, baxting butun bo‘ladi”, degan naql bor. Chindan ham, insonning vujudi va ongi sog‘lom bo‘lsagina, yurish-turishida fayz, turmushida xotirjamlik, mehnatida baraka bo‘ladi. Shu jihatdan olib qaraganda, yurtimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, uni xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani kutilgan natijani bermoqda. Bugungi kunda nafaqat poytaxt yoki viloyat markazlari, balki eng chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan kishilar ham malakali tibbiy xizmatlardan bahramand ekani, muhimi, eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot muassasalarida bilim va tajriba borasida hech kimdan kam bo‘lmagan malakali mutaxassislar faoliyat yuritayotgani bundan dalolat beradi.

Uzoqqa bormaylik, yaqin o‘tmishda bemorning uncha murakkab sanalmagan xastalikdan forig‘ bo‘lishi uchun poytaxtga borishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endilikda hatto yurak kasalligining murakkab turlari bilan bog‘liq amaliyotlar ham viloyatlar shifoxonalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilayapti. Yoki bo‘lmasa, fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilishning mustahkam qo‘rg‘oniga aylangan qishloq vrachlik punktlarini olib ko‘raylik. Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan bu muassasalar har jihatdan afzal ekanligi amalda o‘z isbotini topdi. Respublikamiz aholisining katta qismi qishloqlarda yashashini inobatga olsak, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashda ular qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini anglash qiyin emas.

— Hozirgi kunda viloyatimizda 262 ta ambulatoriya-poliklinika, 217 ta qishloq vrachlik punkti, 10 ta ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi, 13 ta oilaviy poliklinika, tuman markaziy kasalxonalari va boshqa bir qator davolash maskanlari faoliyat ko‘rsatmoqda, — deydi respublika Salomatlik va tibbiy statistika institutining Namangan viloyati filiali shifokori Otabek Rahimov. — Ayniqsa, ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi ishlar maxsus dasturlar asosida tizimli ravishda olib borilayotgani kelajak avlodning sog‘lom voyaga yetishida muhim omil bo‘layapti.

Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi. Tibbiyot sohasida ana shu tamoyil asosida amalga oshirilayotgan islohotlar pirovardida aholining jismoniy jihatdan yetuk va sog‘lom hayot kechirishini ta’minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Bu ham baxtiyorlikning bir mezoni sanaladi.

Xalqimizning bunyodkorlik salohiyati

Bugun kim bilan gaplashmang, suhbat mavzusi o‘z-o‘zidan bunyodkorlik ishlariga borib taqaladi. Bu, tabiiy, albatta. Chunki so‘nggi yillarda yurtimizda qad rostlayotgan biri-biridan go‘zal va muhtasham binolar, keng hamda ravon yo‘llar, mustahkam ko‘priklarni ko‘rib, ko‘zimiz quvnaydi.

Milliy va zamonaviy me’morchilikning eng yuksak talablari asosida qurilayotgan bunday inshootlardan biz qanchalik faxrlanayotgan bo‘lsak, xorijlik mehmonlarning ularga hayratu havas bilan boqayotgani, o‘zbek me’morlari mahoratiga tan berayotgani, ta’bir joiz bo‘lsa, bizdan ibrat olishga harakat qilayotgani ham rost.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari tobora keng quloch yozib, sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarilayotgani, chindan ham, quvonarli. E’tiborlisi, qurilish qishloq joylarda, ayniqsa, kun sayin avj olayapti. Jumladan, joriy yilning olti oyida Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joy qurish dasturiga muvofiq, 900 milliard so‘mlikdan ziyod ish bajarildi.

— Uch nafar farzandim bor, — deydi kogonlik Nosir Mavlonov. — Ular zamonaviy maktab va litseylarda tahsil olish bilan birga, pishiq g‘ishtdan qurilgan, to‘rt xonali, shinam va yorug‘ uyda yashamoqda. Tabiiy gaz, elektr energiyasi ta’minoti joyida. Ba’zan tongda turib, ko‘chamizni aylanaman. Asfalt yo‘llar, gulzorlar, zamonaviy xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi — bularning barchasi shahar qiyofasini eslatib, go‘yo uzukka ko‘z qo‘ygandek, mahallamiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi.

Qolaversa, tumanimiz va viloyatimiz markaziga o‘nga yaqin yo‘nalishda avtobus hamda mikroavtobuslar qatnab turibdi. O‘zimga kelsak, mustaqillik bergan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, tadbirkor bo‘ldim. Yosh bo‘lishimga qaramay, el-yurtda obro‘-e’tibor topdim. Yangi uyda yayrab o‘ynayotgan farzandlarimning quvonchini ko‘rib, xayrli ishlarimizning davomchilari borligidan xursand bo‘lib ketaman. Shunda yurtimizdagi minglab baxtiyor oilalar kabi kelajagimiz bundan ham munavvar bo‘lishiga ishonchimiz ortayotganini butun vujudim bilan his etaman.

Bugun mamlakatimizda ertangi kunidan ko‘ngli to‘q, o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlari bilan taraqqiyotimizga munosib hissa qo‘shishga harakat qilayotgan ana shunday tashabbuskor va fidoyi insonlar juda ko‘p. Zero, O‘zbekiston chinakam baxtli odamlari bor ulkan imkoniyatlar mamlakatidir.

Muallif: "Xalq so`zi"gazetasi

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 9
A'zo: 3
Mehmon: 6
RobertBob alibert.695rMa Charlesbync

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Hammaga do'st bo'lgan odam hech kimga do'st emas. Arastu

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303