» » Poytaxt ko‘chalari yanada ravonlashmoqda

Poytaxt ko‘chalari yanada ravonlashmoqda

Написал admin
//
08 iyun 2016
//
//

Poytaxt ko‘chalari yanada ravonlashmoqda

Mamlakatimiz mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan poytaxtimizda ham ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan brifingda bu boradagi ishlar xususida ma’lumot berildi. 
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi o‘rinbosari M.Obidov, «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi direktori S.Oripov va boshqalar poytaxtimizdagi tramvay yo‘llarining demontaj qilinishi munosabati bilan yo‘l qoplamalarini tiklash, magistral ko‘chalarni rekonstruksiya qilish, yo‘l o‘tkazgichlar, yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi. 
Ayni kunlarda Mustaqillik, Amir Temur, Afrosiyob, Mirzo Ulug‘bek, Do‘rmon ko‘chalarida rekonstruksiya ishlari poyoniga yetmoqda. Nurafshon ko‘chasining Beruniy ko‘chasidan Chilonzor Oqtepa maydonigacha qismi hamda Nukus ko‘chasini Muqimiy va Bobur ko‘chalari oralig‘ida uzaytirish, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Ohangaron shossesigacha Taraqqiyot ko‘chasini qurish ishlari davom etmoqda. Shota Rustaveli hamda Muqimiy ko‘chalari kesishuvida yo‘l o‘tkazgich barpo etilmoqda. 
Tramvay yo‘llari demontaj qilinishi bilan poytaxt tumanlaridagi ko‘plab ko‘chalarda yo‘l qoplamalari tiklanmoqda. Hozirgi vaqtgacha Mehrjon, Sakkokiy, 8-mart ko‘chalari ta’mirdan chiqarilgan. 
Yo‘l o‘tkazgichlarning tunnel qismlariga ham alohida e’tibor qaratilib, Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi, Mustaqillik va Abdulla Qodiriy ko‘chalari hamda Kichik xalqa yo‘li kesishuvidagi, shuningdek, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgichlarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, o‘ndan ziyod ko‘chada yo‘l va yo‘laklarni kapital va joriy ta’mirlash ko‘zda tutilgan. 
Bularning barchasi poytaxtimizda transport infratuzilmasini yaxshilash, aholi va transport vositalarining harakatlanishi uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish, shahar ekotizimining musaffoligini ta’minlash, odamlarning ko‘ngilli hordiq chiqarishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi

Poytaxt ko‘chalari yanada ravonlashmoqda

 

 

 

Poytaxt ko‘chalari yanada ravonlashmoqda

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 10
A'zo: 3
Mehmon: 7
RobertBob alibert.695rMa Charlesbync

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Donishmadlik fanlarning eng anigi. Arastu

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303