» » KELAJAK ISTIQBOLI PORLOQ YOSHLAR QO’LIDA

KELAJAK ISTIQBOLI PORLOQ YOSHLAR QO’LIDA

Написал admin
//
06 may 2016
//
//

Dunyoda davlatlar ko’p. Ammo ularning hammasida ham inson mehnati qadrlanaverilmaydi. Ayniqsa, ba’zi mamlakatlarda yashayotgan boshqa davlat vakillarining xizmati, bajargan ishlari har doim ham e’tiborga olinavermaydi.

O’zbekistonda esa millati, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, mamlakat taraqqiyoti, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi yo’lidagi har qanday ezgu amal yuksak darajada e’tirof etilarkan. Bunga o’zim guvoh bo’ldim. Gap shundaki, O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayrami arafasida kamtarona xizmatlarim yuksak qadrlandi: Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlandim.

Mamlakatingizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarning shohidiman. Ayniqsa, davlat tomonidan ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor, ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik jahonning kamdan-kam davlatlarida kuzatiladi. Bu esa kelajakka qo’yilayotgan mustahkam poydevordir.

O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, Yaponiya bilan o’rnatilgan diplomatik munosabatlar tufayli orzularim ushaldi: yurtingizga nafaqat kelish, balki shu yerda yashash va ishlash ham nasib etdi. Mamlakatingizga tashrifim istiqlolning ilk kunlariga to’g’ri kelgandi. Mana, yigirma uch yildan beri O’zbekistonlik talaba-yoshlarga yapon tilidan saboq berib kelaman.

Har gal mashg’ulotlar davomida o’zbek yoshlarining ziyrak va tirishqoqligi, intiluvchanligi meni hayratga soladi. Berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarish, ustozlarning hurmatini joyiga qo’yishda o’zbek farzandlariga yetadigani yo’q.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Yаponiyaning Tokio, sukuba, Xosi universitetlari o’rtasida o’rnatilgan mustahkam hamkorlik o’zbek talabalari uchun mahorat maktabini o’tamoqda. O’tgan yili 30 nafar o’zbek yoshlari kunchiqar mamlakatda tajriba orttirib kelishdi.

Jahon ilm-fani va madaniyatiga benazir hissa qo’shgan ulug’ allomalarning bebaho asarlarini o’qish orqali yurtingizga mehrim oshgan. Bugun o’zbek xalqi Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek kabi ajdodlari bilan haqli ravishda faxrlanadi.

Meni yoshligimda «Dunyo xaritasida kaftdek joyni egallagan O’zbekistonda jahonga mashhur juda ko’p olimu fuzalolar qanday yetishib chiqqan?», degan savol o’ylantirardi. Mamlakatingizga kelib, tarixiy shaharlarni ziyorat qilish hamda talabalarga saboq berish asnosida mazkur savolga javob topdim.

Yurtingizda yoshlarning barkamol bo’lib voyaga yetishi uchun barcha sharoit muhayyo. Hali ko’rasiz, oradan bir necha yil o’tib yurtingiz dunyodagi eng taraqqiy etgan davlatlar safidan joy oladi. Chunki o’zbek yoshlarining tomirida Amerika qit’asini kashf qilgan, tibbiyot faniga asos solgan, yulduzlar toqiga narvon qo’ygan buyuk mutafakkirlarning qoni oqmoqda.

 

Manba: Sugano REYKO, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti «Yapon filologiyasi» kafedrasi kata o’qituvchisi, «Do’stlik» ordeni sohibasi. 318

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Bizning yoshlar

Hozir saytimizda

DLE
Hozir saytda: 13
A'zo: 2
Mehmon: 11
Charlesbync JacintoMccool30

Biz "Facebook"da

Iqtiboslar

Sen pashshadan fil yasamoqchimisan? Lukian

Qaysi to`garakka ovoz berasiz?

Fatal error: [] operator not supported for strings in /var/www/vhosts/namyom.uz/httpdocs/index.php on line 303